Yangiliklar
“Yangi yilgi hambi fortuna” 7-dekabrdan boshlanadi!
7-dekabr soat 00:00 dan boshlab, 2024-yil, 29-dekabr soat 23:59 gacha barcha hambi ilovasi foydalanuvchilari o‘z omadini sinab, ajoyib sovg‘alardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! Fortuna g‘ildiragini aylantiring va quyidagi sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting:
hambi — "Hammasi Bitta" superilovasini ishga tushirdi
O‘zbek tilidagi "Hammasi Bitta" yoki “Hammasi Birda” ifodasining qisqartmasi bo‘lgan Hambi, foydalanuvchining aloqa operatori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barcha mobil aloqa foydalanuvchilariga uzluksiz va qulay tajribani tuhfa etadi. Ilova turli xil mahsulot va xizmatlarni o‘z ichiga olgan. “Hambi Davo” elektron tibbiy maslahat xizmatidan tortib, uchinchi tomon avtomobil sug‘urtasiga kirishni ta’minlaydigan “Hambi Auto”gacha, superilova foydalanuvchilarga raqamli do‘kon, sayohat, ko‘ngilochar, televideniye, moliyaviy texnologiyalar (fintex) va o‘yin funksiyalarini taklif qiladi. Ilova Beeline Uzbekistan mijozlari uchun tariflar, internet-trafik, rouming va boshqa xizmatlarni boshqarish kabi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning qulay imkoniyatlarini ham taqdim etadi.